"Islom hamkorlik tashkilotiga
a'zo davlatlarni barqaror rivojlantirishda atom energiyasidan
tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba" mavzusidagi
Xalqaro konferensiyasi
5 dekabr, 2024 yil
Ro'yxatdan o'tish yopildi
KONFERENSIYA HAQIDA
BatafsilAtom energiyasi barqaror rivojlanish, energiya xavfsizligiga erishish va iqlim xavfini kamaytirish uchun muhim vositadir. O‘zbekiston tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanishni faol rivojlantirmoqda hamda atom texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish, ilm-fanni barqaror rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratib, o‘z milliy atom tarmog‘ini qurmoqda.
O‘zbekiston 2030-yilgacha milliy atom infratuzilmasini barpo etish orqali mamlakatni ishonchli, iqtisodiy jihatdan samarali va ekologik toza elektr energiyasi manbai bilan ta’minlashni ko‘zlamoqda. Mamlakatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri kichik quvvatli atom elektr stansiyalarini qurishdir. Bu milliy salohiyatni sezilarli darajada oshiradi hamda O‘zbekistonning atom sohasidagi xalqaro nufuzini mustahkamlaydi.